loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Vazir va yoshlar» uchrashuvining navbatdagi manzili Navoiy viloyati bo‘ldi

23-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev ishtirokida «Vazir va yoshlar» uchrashuvida tizimda xizmat olib borayotgan yosh harbiy xizmatchilar va otaliqqa olingan yoshlar, jamiyatda yuqori natijalarga erishgan bir guruh yoshlar, xususan, sportchilar, fan olimpiadasi g‘oliblari, “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klubi a’zolari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vaziri bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘zining uzoq hayot yo‘li to‘g‘risida so‘z yuritib, kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Tadbir yakunida, faol yoshlarga vazirining «Faxriy yorlig‘i» va esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.

Ushbu yoshlar orasida NavDPI rektorini yoshlar siyosati va masalalari boʻyicha maslahatchisi A.Zokirov ham vazir tomonidan taqdirlanadi.