loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Vazir o‘rinbosari Navoiylik talaba-yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarni o‘rgandi

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov 17-19 may kunlari Navoiy viloyatida xizmat safarida bo‘ldi. Ma’lumki, Navoiy davlat pedagogika institutida ham keyingi yillarda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv jaranyolarini zamon talablari asosida tashkil etish, bo‘lajak pedagoglarning xorijiy tillarni puxta, axborot texnologiyalarini mukammal o‘rganishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Xozirgi kunda mazkur oliy ta’lim muassasida 18 ming nafardan ortiq talabalar tahsil oladi. Ularning 10 ming nafardan ortig’i kunduzgi bo‘limda o‘qiydi. Talablar ixtiyorida 4 ta yorug’ va shinam talabalar turar joylari mavjud. Sarvarxon Buzrukxonov institutning barcha o‘quv xonalari va talabalar turar joylarini ko‘zdan kechirdi. Talabalarga yanada qulaylik yaratish bo‘yicha takliflarini bildirdi. Ma’lumot uchun: Institutda Davlat dasturi asosida 950 o‘rinli o‘quv binosi kapital ta’mirlanmoqda. Tashrif davomida vazir o‘rinbosari mazkur o‘quv binosini sifatli qurish va tez fursatlarda yakuniga yetkazish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.