loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

VATANPARVARLIK, INSONIYLIK VA MEHR OQIBAT

  2023/2024 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasaslarida talaba-yoshlar bilan ishlash samaradoligini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kunlik tadbirlarning yarim yillik kalendar rejasining 28- bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Fizika-texnologiya” fakultetida “Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash-barqarorlik omili” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Instittutimizda yoshlarni ilm-ma’rifatli, turli soxalarda yetuk mutaxassis, jismonan barkamol inson bo‘lib yetishishga keng sharoitlar yaratib berilgan. Mazkur imkoniyatlardan to‘la-to‘kis foydalanish, jamiyat va davlat uchun fidokor shaxs bo‘lish xar bir yoshning burchidir. Buning uchun esa, ular avvalo, dunyoviy va kasb fanlarini chuqur o‘zlashtirish, shuningdek, o‘zbek xalqining mexnatsevarlik, oilani muqaddas bilish, insonlarga mexribonlik, do‘stlarga sadoqat, vatanparvarlik kabi tarixan e’zozlab kelinayotgan qadriyatlarini o‘zida shakllantirishi talab etiladi. Vatanga muhabbat, ota-ona, elu yurtga muhabbat bilan hamohang qilib, milliy qadriyatlarni, ona zaminni va hatto unda o‘sgan har bir daraxtni, ko‘chatni asrab-avaylamoqga hamda kelajak avlod uchun ozod-obod Vatanni asrab yetkazish o‘sib kelayotgan har bir o‘smir yigit-qizning vazifasi ekanligini o‘rgatib borishimiz zarur. “Yoshlarimiz ongi va ruhiyatiga salbiy va keskin ta’sir qiluvchi har qanday vositalarga qarshi ularda avvalo immunetetni hosil qilishimiz eng dolzarb ishlardan biri hisoblanadi.
Shubha yo‘qki, milliy qadriyatlarimizning tarbiyaviy jihati juda keng va serqirra jarayon bo‘lib, yoshlarimiz tarbiyasidagi o‘rni beqiyosdir. Ulardagi vatanparvarlik, insoniylik, mehr oqibat kabi tushunchalar farzandlarimizni iymonli insofli, yurtimizga astoydil xizmat qiluvchi yuksak ma’naviyatli shaxslar qilib tarbiyalaydi…”-dedi NavPI profilaktika inspektori S.Husanova.