A+
A
A-

   2019 yil 25 iyun Navoiy davlat pedegogika tuzilmasidagi  Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi “Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirilgan qatag‘onlik siyosati oqibatlari masalalarini  o‘qitishning samarali usullari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

                                                               

Ushbu konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi hamda hududlardagi oliy ta'lim muassasalari tuzilmasidagi Qatag‘on  qurbonlari xotirasi muzeylari direktorlari va soha bo‘yicha  mutaxassis olimlar, talabalar shuningdek, harbiy soha vakilliari ham  ishtirok etishdi.Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, O‘zbekiston Respublikasi “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi raisi, Respublika tarixchilar jamiyati raisi, tarix fanlari doktori, professor  B.Hasanov o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etib, konferensiya  ishtirokchilarini  samimiy  tabrikladi.

                                                            

S.Inoyatov, Buxoro davlat unversiteti professori, tarix fanlari doktori “Qatag‘on qilingan uch inson taqdiri” nomli mavzuda ma'ruza qildi.

Q.Rajabov, O‘zbekiston fanlar akademiyasi  Tarix instituti grant rahbari tarix fanlari doktori, professor, “Sovet rejimi qatag‘on siyosatining nazariy asoslari hamda O‘zbekistonda siyosiy qatag‘onlarning boshlanishi” nomli ma'ruza bilan ishtirok etdi.

Sh. Hayitov, Buxoro davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor. “Sovet hokimiyatining “quloqlashtirish”, “jamoalashtirish” va “qatag‘on qilish” siyosati-o’zbek muxojirligi omili ” nomli ma'ruza bilan ishtirok etdi.

A.Qudiyarov, Nukus davlat pedagogika instituti tuzilmasitdagi “Qatag‘on qurbonlari xotrasi” muzeyi direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent. “Qoraqalpog’istonda  qatag’on qurbonlari tarixidan” nomli mavzuda ma'ruza qildi.

K. Rahmonov, Buxoro davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi dotsenti “Qatag‘on  girdobidan omon chiqqan buxorolik jadid taqdiri”  nomli mavzuda ma'ruza  qildi.

X.Qurbonov, Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent “Sovet hokimiyati qatag‘on siyosatini oliy ta'lim muassasalarida o‘qitish masalalari” nomli ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

                                         


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus