Bo`lim boshlig`i: Musayev Erkin Xalilovich   

Telefon: (0436) 225-38-71, +99891248-52-65

Elektron manzil: tsnazorat@mail.ru

 

 

 

 

 

Navoiy davlat pedagogika instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandi ijrosi ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2017 yil “30”dekabrdagi 50 - son buyrug‘iga muvofiq 2018 yil yanvar oyida tashkil etildi.

 

Bo`lim tashkil etilishining asosiy maqsadi:

 

- institut ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

- institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

- institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

- ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

- kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

- institutni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;

- attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

- ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

- ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;

- institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;

- institut professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;

- institutning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

- ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

- institutda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

- Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan institut reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;

- talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;

- institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

- bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;

- institut reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

- institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;

- institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;

- o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tadbig‘i masalalari monitoringini yuritish;

- institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

- ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.

 

Ta`lim sifatini nazorat qilishi bo`limi tarkida 2 nafar bosh mutaxasis faoliyat yuritadi:

  1. Buranov Yorqinjon Raxmatullayevich
  2. Arziqulova Xurshida Akbaraliyevna

                                                                                 Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limining
                                                        2018 yil I - chorak ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan
                                                                                               HISOBOTI

       Navoiy davlat pedagogika instituti tarkibidagi ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tashkil etilganligini e'lon qilindi va institut tarkibiy tuzilmasi tarkibiga kiritildi.
    Bo‘lim Nizomi, bo‘lim xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari va ish rejasini ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
    Institut veb-saytida bo‘limning maxsus sahifasini ochildi  va unda talabalar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va fuqarolarning murojaatlari, takliflarini qabul qilish tashkil qilindi
    Bo‘limning faoliyati uchun zarur me'yoriy-huquqiy hujjatlar nomenklaturasi shakllantirildi va belgilangan tartibda tasdiqlandi, hujjatlarning yuritilishi yo‘lga qo‘yildi hamda elektron baza yaratildi.
    Institut tarkibida tashkil etilgan Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan Institutning umumlashtirilgan ish rejasi, institutda mavjud 8 ta fakultetlarning kengash va umumlashtirilgan ish rejalari, shuningdek, 23 ta kafedralar va tegishli bo‘limlarning ish rejalari tahliliy o‘rganildi. O‘rganish natijasida fakultet va kafedralar to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan talablar to‘liq o‘z aksini topmaganligi aniqlandi. Ayrim fakultet va kafedralarda bitiruv malakaviy ishlarning bajarilishi yig‘ilishi muhokamasiga kiritilgan lekin, o‘quv yili boshida tasdiqqa tavsiya etish e'tibordan chetda qolish holatlari, ma'lum bir kafedralar rejalarida professor-o‘qituvchi- larning malaka oshirish rejasining bajarilishiga oid masalalar, iqtidorli talalabalar bilan ishlash masalalasi ikkinchi darajali masala sifatida qayd etilganligi, mustaqil ta'limni tashkil etishga oid kamchiliklar borligi anqlandi. Fakultet, kafedra va tegishli tarkibiy tuzilmalarga ta'lim  sifatini oshirishga qaratilgan masalalarni kiritish bo‘yicha kerakli takliflar berildi va kuzatilgan kamchiliklar bartaraf etildi.
    Institutda attestatsiya va akkredetatsiyadan o‘tkazishga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlarni chuqur o‘rganish uchun 16 kishidan iborat ichki ekspertlar guruhi shakllantirildi. Institut tarkibida 23 ta kafedralarda mavjud DTS, namunaviy va ishchi o‘quv rejalar, namunaviy fan dasturlar, kafedralar tomonidan tayyorlangan ishchi fan dasturlari va o‘quv uslubiy majmualar ko‘rib chiqildi. O‘rganish jarayonida ayrim namunaviy fan dasturlari bilan ishchi fan dasturlaridagi mavzularning mos kelmasligi, adabiyotlarning yetarli emasligi, ayrim kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv uslubiy majmualarning (Biologiya o‘qitish metodikasi,  Kimyo o‘qitish metodikasi, Rus tili va adabiyoti, Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi, Matematika o‘qitish metodikasi kafedralaridagi ba'zi fanlardan) OO‘MTV tomonidan chiqarilgan 107-sonli buyruq talablaridan chiqish holatlari kuzatildi va aniqlagan kamchiliklar bartaraf etildi. Tayanch oliy ta'lim muassasalari tomonidan 2017-2018 o‘quv yili 1-kurslarida o‘qitiladigan Umumiy psixologiya, Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, Yosh fiziologiyasi va gigiyena, Matematika fanlaridan tasdiqlangan namunaviy fan dasturlari bilan ta'minlanmaganligi aniqlandi (hozirda loyiha asosidagi fan dastur asosida o‘qitilmoqda) va kerakli takliflar ishlab chiqildi. Takliflar: 1. 2017-2018 o‘quv yili 1-kurslarida o‘qitiladigan 2 blok Matematika va tabiiy ilmiy fanlar, 3 blok Umumkasbiy fanlar, 4 blok Ixtisoslik fanlaridan tasdiqlangan namunaviy fan dasturlarni  Tayanch oliy ta'lim muassasalari tomonidan yetkazilishini ta'minlash zarur.
        Institutda o‘quv jarayonining DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari bilan ta'minlanganlik holati o‘rganildi. Institutda o‘quv jarayoni ikkita asosiy hujjat “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” talablariga muvofiq tashkil etilgan. O‘quv jarayonini tashkil etishga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar 1-kurs talabalari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining DTS va namunaviy o‘quv rejalari 2017 yildagi 24 avgustda tasdiqlangan reja asosida, 2- kurs talabalari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining  DTS va namunaviy o‘quv rejalari 2016 yil 6 apreldagi 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan DTS va namunaviy o‘quv rejalari asosida, 3- kurs talabalari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi “Oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining Davlat ta'lim standartlari va o‘quv rejalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan DTS va namunaviy o‘quv rejalari asosida, 4- kurs talabalari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2014 yil 10-martdagi “Oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining Davlat ta'lim standartlari va o‘quv rejalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 84-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan DTS va namunaviy o‘quv rejalari asosida olib boriladi. Tayanch oliy o‘quv yurti ToshDPU bilan kelishgan holda 20 ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va 9 ta magistratura mutaxassisliklarining ishchi o‘quv rejalari ishlab chiqildi, umumkasbiy va ixtisoslik fanlardan tanlov fanlari qo‘yildi va institut Ilmiy kengashining 1-sonli yig‘ilishida tasdiqlandi. DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari asosida ta'lim jarayoni tashkil qilingan, barcha hujjatlarning o‘zaro mantiqiy mosligi ta'minlangan, fan dasturlarida fanning maqsad va vazifalarining aniq yoritilgan, mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalar, metodlar va usullarning mavzularga hamda talabalarning ehtiyojlariga mosligi tahlil qilindi, ularning mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanilayotganligi baholandi, kamchilik va muammolar aniqlanadi. Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tarkibiy tuzilmalar tomonidan belgilangan choralar ijrosi nazoratga olindi.
    Tasdiqlangan ishchi o‘quv rejalar asosida NavDPI kafedralarining o‘quv yuklamalari kafedra mudirlari tomonidan ishlab chiqilgan va kafedralarda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarga taqsimlab berilgan. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2015 yil  9 sentyabrdagi “Oliy ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma'naviy-ahloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini tasdiqlash” to‘g‘risidagi 5-2015-sonli buyrug‘i asosida shakllantirilgan. Institutda mavjud 23 ta kafedrada faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchilarning yarim yillik shaxsiy ish rejalarining bajarilishi to‘liq o‘rganilib, institut rektoriga ma'lumot taqdim etildi.
    Institutning har bir kafedra kesimida ta'lim jarayoni moddiy-texnik bazasining holati laboratoriya jihozlarining zamonaviyligi, yaroqlilik muddati, zarur moddiy ashyolar bilan ta'minlanganligi tahlil qilindi. Jumladan, o‘quv xonalari soni 214 ta, laboratoriyalar soni 9 ta, ma'muriy boshqaruv, professor-o‘qituvchilar va ishlab chiqarish xodimlar soni hamda ularning kompyuter texnikasi bilan ta'minlanganlik darajasi. (foizlarda) 84,21%, jami kompyuterlar soni 624 ta, yaroqli zamon talablariga javob beradiganlar soni 571 ta, periferiya (QFQ, skaner, printer, faks, ...) qurilmalari soni 67 ta,
    Mavjud kompyuterlarning lokal, korporativ, internet tarmoqlariga ulangan darajasi va ulardan foydalanish holati. Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar soni 571 ta, lokal tarmoqqa ulanganlar soni 571 ta, boshqaruv apparati yagona tarmoqqa ulanganligi  (Xa,);  4 ta, Korporativ tarmoq, shuningdek internet tarmog‘iga ulanish to‘g‘risidagi ma'lumot. Ajratilgan liniya orqali 30 mb/s, xDSL modemi orqali 4 mb/s, FTTx orqali yo‘q,  4/3G modemlari orqali ulanmagan.  TasX tezligi 100 (MB/s). Takliflar: Biologiya va Kimyo o‘qitish metodikasi ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy laboratoriya uchun buyurtmalar berilgan. Hozirgi kunda Geografiya o‘qitish metodikasi, Informatika o‘qitish metodikasi ta'lim yo‘nalishlari va Yosh fiziologiyasi, anatomiyasi va gigiyenasi fanlaridan laboratoriya jihozlariga ehtiyoj mavjud.
    Institut ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining fanlar bo‘yicha asosiy o‘quv adabiyotlari bilan ta'minlanganlik darajasini ARM va 23 ta kafedralar kesimida o‘rganildi  va barcha fanlardan o‘zbek tilida 16116 ta, rus tilida 1103 ta, xorijiy tillarda 482 ta adabiyotlar bilan ta'minlanganlik holati aniqlandi mavjud adabiyotlarning sifat darajasi ham tekshirildi. Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida institut rahbariyati va tegishli bo‘limlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan reja ishlab chiqildi, uning ijrosi nazoratga olindi. Taklif: Institut ARM fondida namunaviy fan dasturidagi adabiyotlar ta'minoti 94,8 foizni tashkil etadi. Nashriyotlarda chop etilayotgan zaruriy adabiyotlarning oliy ta'lim muassasalariga yetib borishini ta'minlash bo‘yicha markaz etish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
    Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati o‘rganildi. 2017-2018 o‘quv yilida  institutda  mavjud 23 ta kafedralarda asosiy shtatda 460 nafar (355 nafari to‘liq stavkada, 105  nafari 0,5 va 0,25 stavkada)  faoliyat yuritmoqda. Asosiy shtatdagi xodimlardan 9 nafari fan doktori, 79 nafari fan nomzodi (2 ta professor va  41 ta dotsent), 192 nafari katta o‘qituvchilar va 225 nafari asistent-o‘qituvchilar, o‘rindoshlik asosida 23 ta professor-o‘qituvchilar (shu jumladan jami 236 ayol o‘qituvchilar) faoliyat olib bormoqda. Institut ilmiy salohiyati 19,1 foizni tashkil etadi.
    Ochiq leksiya va ochiq darslarning tashkil etilishidan asosiy maqsad tegishli fan-texnika va texnologiyalar sohalari bo‘yicha jahonda erishilgan yutuq va yangiliklardan xabardor bo‘lishlariga erishish va ular asosida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalangan holda leksiyalarni tayyorlash, o‘tkazish va shu tariqa ta'lim sifatini oshirishga alohida e'tibor berish va  kafedraning yosh pedagoglarining kasbiy mahoratini muntazam oshirishdan iborat. Bunda yetakchi tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv rejadagi barcha fanlardan ayniqsa, umumkasbiy va iqtisoslik fanlaridan ochiq leksiyalar va ochiq darslar o‘tkazilishiga alohida e'tibor berilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining  2004 yil 26 mart “Ochiq leksiyalarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 79-sonli va 2006 yil            7 martdagi “Ochiq leksiyalar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi  49-sonli buyruqlari asosida institutning  2017 yil 16 sentyabrdagi 584-AFO sonli “Ochiq leksiya jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  ichki buyrug‘i chiqarilib, ochiq leksiyalarning o‘tkazilishi reja buyicha tashkil qilingan. 2017-2018 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan 55 ta ochiq leksiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘tkazilgan ochiq leksiya va ochiq darslarning ma'lumotlari: ochiq darslarning  ishlanmalari, kafedra muhokamasi bayonnomalari, ichki va tashqi ekspert xulosalarining elektron variantlarini institut saytiga joylashtirilmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan ochiq darslarning o‘tkazilish holati tahliliy o‘rganildi va namunaviy deb topilgan dars ishlanmalari ommalashtirishga taqdim etildi
    Mustaqil ishlarni tashkil etish va o‘tkazishdan maqsad talabalarni muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish, kerakli ma'lumotlarni izlab topish va taxlil qilishga o‘rgatish hamda shu asosda ma'suliyatli yechimlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, shuningdek Davlat ta'lim standartlarida ko‘zda tutilgan talaba mustaqil ishi uchun belgilangan o‘quv yuklamani to‘liq bajarishini ta'minlashdan iborat. Institutdagi mavjud kafedralarga tegishli barcha fanlar xususiyatlaridan kelib chikkan xolda mustakil ishlar topshiriklari, mustakil ishlarni bajarish buyicha uslubiy qo‘llanmalar va baxolash mezonlari ishlab chikilgan xamda talabalarga yetkazilgan. Mustakil ishlar Nizom talablariga muvofik amalga oshirilmokda. Talabalarga  mustaqil ishning maqsadi va vazifalari  to‘g‘risida  tushunchalar  berilgan. Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish  va baholash me'zonlari ishlab chiqilgan. Mustaqil ishni bajarish uchun   fanlar bo‘yicha talabalarga  zarur metodik ko‘rsatmalar  va tavsiyalar ishlab chiqilgan. O‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlar hajmining 25 foizi mustaqil ta'lim tarzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
    Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2010  yil 25 avgustdagi “Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 333-sonli buyruqlariga muvofiq institut rektorining 2010 yil 6 sentyabrdagi “Institutda talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizomni amaliyotga joriy qilish haqida”gi 253 UMI sonli buyrug‘i chiqarilgan va yangi tahrirdagi Nizom amaliyotga joriy qilingan. O‘quv bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan  institutining “Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizomi tasdiqlangan va unga muvofiq talabalar bilimini nazorat qilish va baholash amalga oshirilmoqda. Talabalar bilimini baholash tizimli ravishda o‘quv-uslubiy boshqarma hamda Monitoring va ichki nazorat bo‘limi tomonidan o‘rganilib borilmoqda hamda natijalari institut kengashi va rektor huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishida tahlil qilinib borilmoqda. Institut rektorining 2017 yil 25 oktyabrdagi “Kuzgi va bahorgi semestr oraliq nazoratlari muddatini belgilash to‘g‘risida”gi 227 k/b -sonli buyrug‘i chiqarildi va semestrlar muddatlari quyidagicha belgilandi va ushbu jadval asosida oraliq nazoratlar tashkil etildi:                                         
    Kuzgi semestr: I tur- 30 oktyabrdan-11 noyabrgacha,  II tur- 21 dekabrdan-13 yanvargacha
    Bahorgi semestr: I tur - 9 apreldan-21 aprelgacha,  II tur - 28 maydan - 9  iyungacha
    Yakuniy nazoratlarni o‘z vaqtida belgilangan auditoriyalarda o‘tkazish maqsadida institut rektorining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun 2018 yil 18 yanvardagi 9-k-b - sonli “2017-2018 o‘quv yili kuzgi semestrida o‘tkaziladigan  yakuniy nazoratlar jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i chiqarilgan.  
    Bitiruv malakaviy ishni bajarish oliy ta'lim muassasasi bakalavriatida talabalarni o‘qitishning yakuniy bosqichidir. 2017 yil 16 sentyabr kuni Navoiy davlat pedagogika institutining “Bitiruv malakaviy ishlar mavzularini tasdiqlash hamda ilmiy rahbarlarini tayinlash to‘g‘risida”gi 585/AFO - sonli ichki buyrug‘i chiqarildi. Institutda 19 ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilariga bitiruv malakaviy ishlari mavzulari aniqlanib, ilmiy rahbarlari tayinlandi. BMIlarga rahbarlik qilishda institutimizning yetakchi ilmiy daraja va unvonga ega bulgan professor-o‘qituvchilar jalb qilingan. Talabalar pedagogik  amaliyot davomida  BMI va MD larning asosiy manbalarini to‘plashda bevosita mutaxassislarning tajribalari, taklif va muloxazalaridan keng foydalanib, o‘qitish metodikasi doirasida yangi axborot pedagogik-texnologiyalarni  joriy etgan holda asosiy BMIlarni bajarib kelmokdalar. Barcha ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruv malakaviy ish bajarish yuzasidan nizomlar, metodik qo‘llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur metodik materiallar bakalavriat bitiruvchi kurs talabalari e'tiboriga havola etilib, tadqiqot ishlarini bajarish uchun yo‘llanma berilmoqda. Oxirgi 3 yilda BMI va MD mavzularini ishlab chiqarishdagi (kadrlar iste'molchilari) muammolardan kelib chiqib shakllantirilganligini hamda ulardagi mavzularning takrorlanishlari mavjud emasligi o‘rganildi
    Kadrlar iste'molchilarining fan dasturlari va bitiruvchilar malakasi bo‘yicha fikr - mulohazalarini o‘rganildi. Ish beruvchilar bilan bitiruvchilar o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar imzolanib, ish joyiga yo‘llanmalar asosida ish bilan ta'minlanishi yo‘lga qo‘yilgan. Kadrlar iste'molchilaridan Iqtisodiyot nazariyasi fani o‘qituvchilariga umumta'lim maktablarida 10-11 sinflarining ochilishi munosabati ehtiyoj mavjudligi bildirilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2012 yil 10- dekabridagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ - 1875 son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib chet tillarni o‘qitish va o‘rganish jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy metodikalar, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, bakalavriat va magistratura talabalarining chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish hamda professor- o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish maqsadida institut professor-o‘qituvchilari va talabalariga chet tilini o‘rganish jadval  asosida darslar tashkil etilgan
    Chet tili o‘qituvchilarning til bilish darajasi tahlil qilindi. O‘qituvchilarni til bilish darajasiga oid ma'lumotlari o‘rganildi. Fakultetlararo chettili kafedrasidan           2 kishi (1 kishi til bilish darajasining- Aptist S1, 1 kishi bazaviy lavozim maoshiga oylik ustama-15%), Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida 14 kishi (1 kishi- IELTS-7,5 ball, 3 kishi til bilish darajasining- Aptist S1, 10 kishi til bilish darajasining- Aptist V2, shu jumladan,         3 kishi bazaviy lavozim maoshiga oylik ustama-15% )
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarning ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-son Qarorining            5-bandiga muvofiq institutda ta'lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha xorijiy tilda dars berayotgan 11 professor-o‘qituvchilarning ingliz tilida bilim ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash uchun institutning 2017 yil 30 dekabrdagi 867-Afo sonli buyrug‘i asosida 2017-2018 o‘quv yilining har hafta  chorshanba-juma kunlari  ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi D.Raximova boshchiligida  o‘qitish kurslari tashkil etilgan
    Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki attestatsiya o‘tkazish jadvali ishlab chiqildi va Institut rektoriga taqdim etildi  Davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan talablar asosida tarkibiy tuzilmalardan Institut ichki attestatsiyasiga oid ma'lumotlar to‘plandi va ma'lumotlar bazasi  shakllantirildi
    Institutda mavjud 23 ta kafedraning barchasida ilmiy to‘garaklar tashkil qilingan bo‘lib, to‘garakning iqtidorli-iste'dodli talabalar bilan ishlar muntazam olib borilmoqda. Hozirgi kunda kafedralarda jami 564 nafar iqtidorli talaba ro‘yxatga olingan bo‘lib, 2017-2018 yillarda ular tomonidan 956 ta maqola va tezislar chop etilgan. Institut kafedralari qoshida 65 ta to‘garak faoliyat olib borayapti, ulardagi ishtirokchilar soni 4880 nafarni tashkil etadi. To‘garaklar yillik ish rejasi mavjud bo‘lib yil davomida iqtidorli talabalar bilan ishlash samarali yo‘lga qo‘yilgan. Jismoniy tarbiya fakulteti “Sport” klubi ishtirokchilaridan joriy o‘quv yilida 5 nafari Xalqaro toifadagi sport ustasi, 28-nafar sport ustasi, 160-nafar sport ustaligiga  nomzodlar, 232 dan ortiq Xalqaro va Respublika miqyosidagi g‘olib va sovrindor  iqtidorli talabalarni tashkil etadi.
    Iqtidorli talabalar turli nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. Shu kunga qadar institutda iqtidorli talabalarimizdan 2 nafar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, 3 nafar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiati va 65 nafar talaba nomdor Davlat stipendiati sovrindorligiga erishdilar. Shuningdek, Xalqaro va respublika olimpiadalarida hamda nufuzli tanlovlarda ishtirok etib mukofotlar (diplomlar) va sovrinli o‘rinlar bilan taqdirlanganlar. Institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar haqidagi ma'lumotlar bazasi shakllantirilgan
    Bo‘limning II chorak bo‘yicha ish rejasini ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishildi va institut Kengashida tasdiqlandi. Bo‘limning I chorak yakuni bo‘yicha ish rejasining bajarilishi haqida hisobot tayyorlandi, institut rektori va Davlat inspeksiyasiga taqdim etildi.

     

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus