Kafedra mudiri 

Katta o`qituvchi O.`O.Mirzayev

Telefon: (91) 331-02-95

 

 

 Kafedrada olib borilayotgan lmiy-uslubiy ishlar:

 Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va  “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning asosiy maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda bugungi Oliy ta’lim tizimi talablariga javob beradigan o’qitishning yangi zamonaviy texnologiyalari keng joriy etib kelinmoqda. Shu maqsadda professor-o’qituvchilar tomonidan ko’plab darslik,  o’quv-metodik qo’llanmalar ishlab chiqildi. 

Musiqa ta’lim  yo’nalishida tashkil etilgan “Musiqa nazariyasi” ilmiy  to’garagi to’garisida

   “Musiqa nazariyasi” ilmiy to’garagi 2003 yil tashkil etilgan bo’lib, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha mas’ul etib katta o’qituvchi Sh.I.Jalilov tayinlangan. Qodirova Sabina, Murodullayev Go`zal, Rizayev Alham, Inotullayev Ma`ruf, Tursunov Sharof, Tursunova madina, husenova Shaxina,  Boboqulov Shaxboz, Hasanova Shaxboz, Qodirova Kamola va boshqa bir qancha iqtidorli talabalar turli gazeta va jurnallarda chop etilayotgan maqolalari bilan o’zlarining iqtidorlarini namoyish etib kelishmoqda.

    Iqtidorli talabalarning alohida yutuqlari sifatida quyidagilarni aytish mumkin:

- Iqtidorli talabalar har yili bo’ladigan “Musiqa nazariyasi va tarixi” bo’yicha Respublika fan olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda. 2013-2014 o’quv yilida iqtidorli talabalarimizdan 4-kurs talabasi Normurodova Lobar fan olimpiadasining I bosqichida  II o’rinni egallab,  17-18 may kunlari o’tkazilgan “Musiqa nazariyasi va tarixi” fani bo’yicha talabalar Respublika fan olimpiadasining  II -bosqichida  III -o’rin sohibasi bo’ldi.

 2015-2016  o’quv yilida iqtidorli talabalarimizdan 4-kurs talabasi Raxmonova Umida  “Musiqa nazariyasi va tarixi” fani bo’yicha talabalar Respublika fan olimpiadasining II -bosqichida  II o’rinni egallad Ikromova Iroda “Musiqa nazariyasi va tarixi” fani bo’yicha 2016-2017,  2017-2018 o`quv yillari ketma-ket talabalar Respublika fan olimpiadasining II –bosqichida II o’rinlarni egalladi.   Shuningdek, 2017 yilning iyun oyida Toshkent shahrida Respublika Oliy o`quv yurtlari orasida o’tkazilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan” qo’shiqlar tanlovida Musiqa ta’limi yo‘nalishi Xor jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladilar.  Kafedra qoshida tashkil etilgan «Layli» ashula va raqs xalq ansambli to’g’risida

  “Musiqa” kafedrasi qoshidagi «Layli» ashula va raqs xalq ansambli 1984 yilda tashkil topgan. Ansamblga professor O.O.Fayziyev badiiy rahbar, katta o’qituvchi O`.O.Mirzayev  musiqa rahbarlik qilib kelmoqda. Shu yillargacha ansambl o’zining konsert dasturi bilan Navoiy viloyati xalqiga O`zbekiston Respublikasi radio va televideniyasi orqali  konsert dasturlarini namoyish etib kelmoqda. Ansamblning konsert dasturidan o’zbek-tojik xalq qo’shiqlari, Buxoro mavrigiylari va boshqa xalqlarning kuy – qo’shiqlari o’rin olgan. Musiqa Ta’limi yo’nalishida Ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar ansamblga jalb qilinib, 2004-2006 yillarda Xalq Ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogika institutlari jamoasi o’rtasida o’tkazilgan «Talantlarni izlaymiz» Respublika ko’rik tanlovida ishtirok etib Oliy o’rin «Gran – Pri»  sohibi, 2005 yilda Respublika oliy o’quv yurtlari  talabalarining «Xazina – 2005» O`zbek folklor-san’ati va urf odatlari festivalida “Eng yaxshi dramaturgiya” nominatsiyasi laureati va 2008 yil Xalq Ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogika institutilari o’rtasida Jizzax shahrida o’tkazilgan «Diyorim taronalari» Respublika ko’rik tanlovida  faxrli 1-o’rinlarni qo’lga kiritgan. Ansambl Navoiy shahrida o’tkazilib kelinayotgan barcha tadbirlarga faol qatnashib kelmoqda.     

 2014 yil viloyatda o`tkazilgan “Yuksak ma`naviyatli avlod”  ko`rik tanlovida Shirinova Sadoqat, Hakimova Sitoralar ishtirok etib, “Vatan kuychisi”  naminatsiyasi g`olibi bo`ldi. 2-kurs talabasi Shirinova Sadoqat Respublika bosqichida faxrli o`rin egalladi. 

2015 yilda 3- kurs talabasi Shirinova Sadoqat Respublika “Yosh maqomchilar” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida 2- o’rinni,  2- kurs talabasi Boyjonova Zebo “Sozlar navosi” Respublika ko’rik tanlovining shahar bosqichida 1- o’rinni egalladi.  2017 yilda bo’lib o’tgan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy o’quv yurtlari o’rtasida “Talabalar teatri-2017” respublika bosqichi Toshkent shaxrida bo’ib o’tdi. Bunda Pedagogika fakulteti Musiqa ta’limi yunalishi 2-V guruhi talabasi Husenova Shaxina tashkilotchi va rejessorligida Teatr jamoasi ishtirok etib, faxirli II-o’rinni qo’lga kiritdilar.

 O`quvchi-yoshlarning musiqa va san`at turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, ma`naviy va ma`rifiy saviyasini har tomonlama kamol tiotirishda Bolalar musiqa va san`at maktablarining ta`lim - tarbiya sifat samaradorligini oshirish borasida musiqa ta`limi kafedrasi professor-o`qituvchilari Musiqa ta`limi yo`nalishida tahsil olayotgan talabalarga bilim berib kelmoqda. Musiqa ta`limi yo`nalishini bitirgan Nosirov Laziz, Safarov Oybek, Rashidov Zafar, Baxronov Laziz, Allaberganova Ozoda, Sanaqulova Nafisa, Pardayeva Zarangiz, Ataqulova Maqaddam, Rashidov Oybek, Vohidov Isroil,  Qurbonov Jonrid, Normurodova lobar, Qobilova Zarifa, Sultonova Sarvinoz, Davronova Kumush, Maxmudova Umida  va boshqa bir qancha talabalar Navoiy madaniyat va kollejida faoliyat yuritmoqda. 

    Nosirov Laziz, Isroilava Feruza, Qurbonov Jamshid, Mamadiyorova Nargiza, Ochilova  Dilshoda, Abitova Feruza, 1-sonli bolalar va san`at maktab direktori lavozimida Maya va boshqa yuzlab musiqa ta`limi yo`nalishini bitirgan  talabalar bolalar va san`at maktablarida o`quvchi -yoshlarga bilim berib kelmoqda.

  Navoiy davlat pedagogika instituti, pedagogika  fakulteti tarkibidagi 5111100 - “Musiqa ta’limi” yo’nalishi va musiqa kafedrasi  1988 yil  “Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti” fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda kafedraga katta o’qituvchi O‘.O.Mirzayev rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada 1 nafar professor, 5 nafar katta o’qituvchi, 5 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatib, kafedraning ilmiy salohiyati 12 foizni tashkil etadi. 5111100 - “Musiqa ta’limi” yo’nalishida jami 244 nafar talaba, shundan 1-kurs  84 nafar, 2 - kurs 68 nafar, 3 - kurs 47 nafar, 4 - kurslar 45 nafarni tashkil etadi.

Kafedra ta’lim yo’nalishi:

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Ixtisoslik fanlari

Tanlov fanlari

Kafedra professor-o’qituvchilari:

 

                                                                                                

 

Kafedra manzili:

«Umid qurg'oni»

4-qavat, 407-xona

Kafedra mudiri:                  Kafedra mudiri, katta o`qituvchi O`.O.Mirzayev

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus