Navoiy davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyi bo’yicha ma’lumot

 

 

   Talabalar turar joyi binosining tashqi va ichki bezaklariga alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, har bir qavatdagi zal va yo’laklarida “Tasviriy san’at yo’nalishi” talabalari tomonidan yaratilgan turli mavzudagi portretlar bilan bezatilgan

Binoning fasad qismi 2014 -yil ta’mirlanib bo’yab chiqilgan.

Binoning hamma qismi sariq rang bilan bo’yalgan.

Yozning issiq kunlarida xonalar xarorati 19-20 с, qishning sovuq kunlarida 24-26 с da bo’ladi.

Talabalar turar joyining yerto’la qismi toza va saranjom bo’lib, hamma xonalari yorug’lik bilan ta’minlangan va soz xolda. Havo almashtirish mexanizmiga ega.

Talabalar uyida texnikaviy, sanitariya va yong’in xavfsizligi bo’yicha barcha shart-sharoitlar mavjud  bo’lib, mavjud muammo va kamchiliklar bo’yicha mas’ul shahslar tomonidan bartaraf etiladi.

Talabalar turar joyi binosining holati talab darajasida bo’lib, 2014-yil kapital ta’mirdan chiqarilgan.

Talabalar turar joyining moddiy texnika bazasi quyidagilardan iborat: Har bir seksiyada 5 ta krovat, 5 ta tumba, talabalar dars tayyorlash uchun 2 ta stol va 5 ta stul, 2 ta kiyim javoni, gilam va pardalar mavjud.Har bir qavatda ikkitadan oshxona bo’lib, har bir oshxonada 4 tadan elektr plitalar va ikkitadan muzlatgichlar bilan ta’minlangan.Bundan tashqari  8 dona kir yuvish mashinalaridan tashkil topgan xona hamda 27dona dazmol va dazmollash anjomlari mavjud xonalari ham bor. Binoning texnika va yong’in xavfsizligi ta’minlash maqsadida hamma qavatlarda kerarli yong’in havfsizligi jihozlari bilan ta’minlangan.

                                 

               

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus