INSTITUT KENGASHI FAOLIYATI

 
     Navoiy davlat pedagogika institutining Kengashi uning oliy organi hisoblanadi. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2011 yil 3 dekabrdagi 487-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasasining Ilmiy Kengashi to‘g‘risida namunaviy Nizom” asosida faoliyat olib boradi. Kengashning tarkibiga rektor, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari, jamoat tashkilotlarining vakillari, yetakchi olimlar, tarmoq muassasalarning rahbarlari, hamkor tashkilotlarning rahbarlari kiradi. Uning tarkibi har besh yilda rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Institut tarkibiy tuzilmasi va rahbar lavozimlardagi o‘zgarishlardan kelib chiqib har o‘quv yilining boshida Institut Kengashi tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Institut Kengashining tarkibiga  “Oliy ta'lim muassasasining Ilmiy Kengashi to‘g‘risida namunaviy Nizom”ning 2 bandiga asosan 2019 yil 5 oktyabrdagi 2-sonli yig‘ilishning 2/6.1 qarori bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilib, institut rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtirildi. Hozirda institut Kengashi a'zolari 50 nafarni tashkil etadi.Kengashga institut rektori raislik qiladi va uning ishlarini Kengash kotibi yuritadi. Kengash o‘z faoliyatini har oyda bir marta o‘tkaziladigan (zaruratdan kelib chiqib navbatdan tashqari yig‘ilishlar ham o‘tkazilishi mumkin) yig‘ilishlari orqali amalga oshiradi. Kengash yig‘ilishlarining kun tartibi yangi o‘quv yili uchun oldingi o‘quv yilining oxirgi yig‘ilishida tasdiqlanadi.  
Kengash yillik rejalariga uning faoliyatiga oid masalalarni kiritadi. Rejadagi masalalar har yig‘ilishda muhokama qilinadi va tegishli qarorlar qabul qilinadi. Rejadagi turli masalalar qatoriga institutning joriy faoliyatidan kelib chiqib masalalar kiritiladi va ular yuzasidan ham tegishli qarorlar qabul qilinadi. Qabul qilingan qarorlar ma'lum birlari yuzasidan rektorning buyruqlari chiqariladi. Kengash qarorlarining ijrosi monitoringi kotib tomonidan olib boriladi. 
    Kengashning har oylik yig‘ilishlari  kun tartibini barchasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining buyruqlari, Hay'at qarorlari va yo‘riq xatlari, Navoiy viloyat va shahar hokimliklari qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda ular asosida chiqarilgan institut Kengashi qarorlari va  rektori buyruqlarining ijrosi muhokama qilinadi va ularning ijrosi nazorati amalga oshiriladi.Har o‘quv yilining boshida institutning yillik rejalarini tasdiqlanadi va o‘quv yilining oxirida yillik hisobotlari muhokama qilinadi. Kengash yig‘ilishlarida institutning o‘quv, o‘quv-metodik, yoshlar bilan ishlash, ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar faoliyatiga oid asosiy ishlarning borishi to‘g‘risidagi ma'lumot va hisobotlarni muhokama qilinadi. Institutning barcha fakultetlarida o‘quv va o‘quv-uslubiy, yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi rektor buyrug‘i bilan tuzilgan komissiya tomonidan o‘rganiladi va Kengashda muhokama qilinadi.   
    Institut Kengashi yig‘ilishlarining kun tartibida bundan tashqari davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat'iy bajarilishi, fakultetlarda o‘quv, ma'naviy va ma'rifiy, ilmiy tadqiqot va innovatsiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, bitiruvchilarni ishga joylashtirish monitoringi holati, institutning moddiy-texnik ta'minoti, o‘quv korpuslari holati, yangi labarotoriyalar bilan ta'minlash masalalari ham o‘rganiladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muasasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 avgustdagi 246-sonli, 2017 yil 2 iyundagi 347-sonli, 2017 yil 8 noyabrdagi 898-sonli va 2019 yil 28 fevraldagi 181-sonli ?arori qarori bilan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilgan) Nizom talablari asosida kafedra mudiri, professori, dotsenti, katta o‘qituvchisi va o‘qituvchisi lavozimlariga tanlovlar Kengashda o‘tkaziladi.Doktorlik dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbarini tasdiqlash hamda darslik va o‘quv qo‘llanmalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi Kengashiga chop etishga,  monografiya, risola va o‘quv adabiyotlarni nashrga, professor-o‘qituvchilar ilmiy unvonlarga, talabalarni davlat stipendiyalariga tavsiya etish masalalari ham Kengash vakolatiga kiradi.


Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashi tarkibi:
 
1.    Daniyarov Baxtiyor Xudayberdiyevich  - NavDPI rektori, Kengash raisi         
2.    Kushakov Abduvali Jabborovich - O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, dotsent, a'zo        
3.    Xo‘jjiyev Sodiq Oltiyevich -  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, dotsent, a'zo        
4.    Qurbonov Xurshid Raupovich  - Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor , t.f.n., a'zo        
5.    Tursunov Hasan Xolmo‘minovich - Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor, a'zo        
6.    Izbosarov Baxriddin Faxriddinovich  - Institut Jamoatchilik kengashi raisi, f-m.fn., dotsent, a'zo        
7.    YAhyoyev Baxtiyor Turdibayevich  - Institut yuristkonsulti        
8.    Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich - Navoiy viloyati XTXQT va MOI rektori, dotsent, a'zo        
9.    Muxammadqulov Fazliddin Bobomurodovich  - NavDPI akademik litsey direktori, a'zo        
10.    O‘tapov Toyir Usmonovich - Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, p.f.n, a'zo.        
11.    Samandarov Javlon Iskandarovich - Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i, o‘qituvchi, a'zo         
12.    Xolmirzayev Nuriddin Abdullayevich - O‘quv - uslubiy boshqarma boshlig‘i, katta o‘qituvchi, a'zo        
13.    Murodova Nodira Kuliyevna  - Magistratura bo‘limi boshlig‘i, professor, a'zo        
14.    Bekmurodov Normurod Rashidovich - Institut birlashgan kasaba uyushmasi raisi, a'zo        
15.    Quvondiqova Dilbar Ergashevna  - Institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi dots., a'zo        
16.    Fayziyev Faxriddin Toxirovich  - Kengash kotibi, katta o‘qituvchi, a'zo        
17.    Shodiyev Raxmiddin Ro‘ziboyevich  - Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i, a'zo        
18.    Musayev Erkin Xalilovich - Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, katta o‘qituvchi, a'zo        
19.    Ro‘ziyev Ilhom Irisovich  - Maxsus sirtqi bo‘limi boshlig‘i.        
20.    Asqarov Ulug‘bek Ibragimovich -  Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, a'zo        
21.    Artikov Hamza Kaxxarovich  - Axborot-resurs markazi mudiri, a'zo        
22.    Umarov Nodirbek Nasirdin o'g'li  - O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining institut yetakchisi, a'zo        
23.    Kamolov Ixtiyor Ramazonovich  - Fizika-matematika fakulteti dekani, dotsent, a'zo          
24.    Jumaboyev Baxodir Yerejepovich  - Tabiiy fanlar fakulteti dekani, dotsent a'zo        
25.    Qarshiyev Rustam Mardonovich - Tarix fakulteti dekani, dotsent, a'zo         
26.    Erdonov Zafar Daminovich - Chet tillar fakulteti dekani, katta o‘qituvchi,  a'zo        
27.    Jumayev Zafar Xamdamovich - O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani, f.f.n., a'zo        
28.    Xudoyorov Shuxrat Jumaqulovich - Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti dekani, f-m.f.n.,  a'zo          
29.    Raximov Otabek Davlatovich - Pedagogika fakulteti dekani, katta o‘qituvchi, a'zo        
30.    Xaydarov Sobir Nosirovich - Jismoniy madaniyat fakulteti dekani, katta o‘qituvchi        
31.    Safarova Nigora Olimovna  - Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, f.f.d., dotsent, a'zo        
32.    Abjalilov Sanoqul Xujamovich - Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, f-m.f.n., a'zo        
33.    Xalilova Muxabbat Ruzmuradovna - Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri., p.f.n., a'zo        
34.    Murodova Dilfuza Jurakulovna - Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, p.f.n., a'zo        
35.    Yusubova Ra'no Norboyevna - O‘zbek tili kafedrasi mudiri, f.f.n., a'zo        
36.    Ibragimov Alimjon Artiqboyevich - Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri,  f-m.f.n., dotsent, a'zo        
37.    Axmedov Axat Axrorovich - Fizika va astranomiya o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, f-m.f.n., dotsent, a'zo        
38.    Yuldashov Murod Xudargonovich  - Biologiya o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, b.f.n., a'zo        
39.    Davlatova Ra'no Xaydarovna -  Maktabgacha ta'lim kafedrasi mudiri, f.f.n., a'zo        
40.    Suyunov Husniddin Miltiqboyevich - O‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri, p.f.n., a'zo        
41.    Hasanova Saodat Kayimovna -  Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi, a'zo        
42.    Mirzayev O‘ktam Oripovich  - Musiqa ta'limi kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi, a'zo        
43.    Hayitov Zafar Uzoqovich - Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasi mudiri, dotsent, a'zo        
44.    Azmiyeva Elzara Ernestovna. - Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent, a'zo        
45.    Ernazarova Manzura Saparboyevna  - Boshlang‘ich ta'lim kafedrasi mudiri, dotsent, a'zo        
46.   Hojiyev Sherali Suvonovich  - Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi, a'zo        
47.    Aminova Aziza Marksnovna - Tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, t.f.n, a'zo        
48.    Hamroiyev Kamoliddin Shaxobiddinovich  - Kimyo o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, k.f.d, a'zo        
49.   Musayev Otabek Qudratovich  - Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri, a'zo        
50.    Xalilov Akmal Sattorovich -  Fakultetlararo chet tillar kafedrasi mudiri, a'zo         
                
                

Izoh: Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashining 2019/2020 o‘quv yili uchun tarkibga kiritilgan o‘zgartirishlar institut Kengashining 2019 yil 5 oktyabrdagi 2-sonli yig‘ilishida 2/6.1.-sonli qarori bilan tasdiqlangan va institut rektorining 2019 yil oktyabrdagi 511 AFO-sonli buyrug‘i bilan rasmiylashtirilgan.

 

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus