O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi bilan Choriyev Tavakkal Ravshanovich Navoiy davlat universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Tavakkal Ravshanovich Choriyev 1967-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 1991-yilda Samarqand davlat pedagogika institutini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi, professor. 1991–1993-yillarda Buxoro viloyati Peshku tumani 10-son umumiy o’rta ta’lim maktabida, 1993–2019-yillarda Buxoro davlat universiteti, 2023–2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasida faoliyat yuritgan.
Zullisonayn tilshunos olim sifatida 300ga yaqin ilmiy-metodik maqolalar, 30 dan ortiq darslik va bir qator oʻquv, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va monografiyalar muallifi. 2018-yilda Tojikiston Respublikasi Davlat mukofoti “Doʻstlik” ordeni, shuningdek, 2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi “Xalq taʼlimi aʼlochisi”, 2021-yilda “Xalq taʼlimi fidoyisi”, “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi”, 2022-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi”, 2023-yilda “Milliy gvardiya fidoiy xodimi”, 2024-yilda “Xalqaro doʻstligi” koʻkrak-nishonlari bilan taqdirlangan.