loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Universitetda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlarining ikkinchi kuni yakunlandi

Xabaringiz bor, Navoiy davlat universitetida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan “Moliyaviy mustaqil universitet sifatida o‘z faoliyatini boshlagan Navoiy davlat universitetida o‘quv jarayonlarini tashkil etish hamda hamkorlikda korxona, tashkilotlarda dual, professional, inklyuziv ta’limini joriy etish” mavzusida o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T.Choriyev, o‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari hamda fakultetlar rahbariyati tomondan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-430 hamda PQ-378-sonli Qarorlari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 451/452-sonli buyruqlari mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berib borilmoqda.

Bugun yakunlangan o‘quv seminarlarining ikkinchi kunida “Registrator ofisi” va ushbu ofisining Navoiy davlat universitetida joriylanishi hamda ofis oʻquv jarayoni va talabalarga xizmat koʻrsatish, akademik faoliyatni tashkil etish hamda taʼlim jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, tizimda byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish, shuningdek, qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi OTT ning tarkibiy tuzilmasi hisoblanashi haqida hamda “Transformatsiya markazi”, ushbu markazning universitetda faoliyati haqida ham ma’lumotlar berilmoqda. Shuningdek, seminarlarda fakultet o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari Hemis, UzAsbo 2, Billing axborot tizimlari hamda ushbu tizimlarining integratsiyasi xususida to‘xtalishyapti.
Jarayonda “Web of Science”, “Scopus” tizimlarida ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish bo‘yicha xalqaro bo‘lim xodimi X.Allayev batafsil tushuntirish berdi.