O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga asosan bugun, 18-noyabr kuni Navoiy davlat universitetida malaka (test) sinovlari boshlandi. Test sinovlari markazlashgan holda kompyuterlarda real vaqt rejimida o‘tkazilmoqda. Jarayonlar shaffofligini ta‘minlash maqsadida universitet “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi nazorat qilib bormoqda.
Attestatsiya sinovlari 23-noyabrga qadar davom etadi.