Bugun Navoiy davlat universitetida Rus va qozoq filologiyasi fakulteti tomonidan, A.S.Pushkin tavalludining 225 yilligi munosabati bilan “Актуальные проблемы преподавания филологических дисциплин в современном образовательном пространстве: инновации и перспективы” (“Zamonaviy taʻlimda filologiya fanlarini oʻqitishning dolzarb muammolari: innovatsiya va istiqbollar”) mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Konferensiyani Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov boshlab, anjumanning ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi.
“Mazkur konferensiyadan ko‘zlangan maqsad, xorijiy va respublika oliy o‘quv yurtlari va alohida ilmiy jamoatchilik vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Ilmiy taqiqotlar sohasidagi hamkorlik mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni an’anaviy tarzda do‘stona rivojlantirib bormoqda. Albatta, bu xayrli ishga yurtimizdagi filolog olimlarning ham hissasi katta”, — dedi universitet rektori, professor Muxiddin Kalonov.
Konferensiyada yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari, shuningdek Turkiya, Hindiston, Rossiya, AQSH, Belarus, Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston hamda nufuzli universitetlar olimlari onlayn va offlayn formatda ishtirok etib, mavzuning dolzarb masalalari muhokama qilindi va uning ilmiy-amaliy yechimlari boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi. Jumladan, “Возрождение поэтической речи акмеизма в стихах “Майский снег” и “Зачем притворяешься ты…” Анны Ахматовой”, “Смысл человеческого существования у Пушкина и Достоевского: человек сверхъестественный и божественный”, “Приоритеты альтернативного литературоведения XXI века”, “Визуальное мышление в современном образовательном пространстве”, “Инновационные подходы в обучении русскому языку”, “Взаимодействие культур в понимании содержательной наполненности творчества А.С.Пушкина” shu va boshqa turli mavzularda ilmiy qarashlar, fikrlar tinglandi. Shuningdek, anjuman yakunida Rus va qozoq filologiyasi fakulteti talabalarining sahna koʻrinishlari, chiqishlari namoyish etildi.
Bugun bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya ishida oliy oʻquv yurtlaridan 500 dan ortiq ilmiy maqolalar kelib tushdi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, bugungi kunda Rus va qozoq filologiyasi fakulteti dunyoning 10 dan ortiq oliy ta’lim dargohlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik olib bormoqda. Belarus Respublikasi Polotsk davlat universiteti shular jumlasidan. Mazkur universitet bilan magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 1+1 qo’shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, 2023/2024 o‘quv yilida 2+2 dasturi asosida O‘zga tilli guruhlarda rus tili hamda psixologiya: amaliy psixologiya ta’lim yo‘nalishlarining 23 nafar talabalari Polotsk davlat universitetini tamomlab, bir vaqtning o‘zida universitetlarning qo‘shaloq diplomlariga ega bo‘lishdi.