Bugun Navoiy davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi navbatdagi adabiy uchrashuv tashkil etildi. Unda el ardog’idagi ijodkorlar: To‘lqin Hayit, Safar Olloyor hamda Oydinniso Yo‘ldoshevalar ishtirok etishdi.
Ushbu adabiy muloqotda ijod mashaqqatlari, adabiyotning inson shaxsi kamoloti va ruhiyatiga ijobiy ta’siri haqida so‘z bordi. Talabalar tomonidan har uchala ijodkorning asarlaridan namunalar keltirildi. Bundan tashqari, O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tashkil etilgan “Mushoira” klubi a’zolari tomonidan yaratilgan eng sara she’rlar o‘qib eshittirildi. Safar Olloyor va Oydinniso Yo’ldoshevalar o‘zlari tomonidan she’riyatda yaratgan yangi uslublari haqida ma’lumot bergan bo‘lsalar, yozuvchi To‘lqin Hayit tarixiy romanchiligimizdagi yangi qadamlar xususida so‘z yuritdi. Muloqot jarayonida so‘z olgan NavDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor X. Qurbonov, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani A. Allaberdiyev, f.f.d. professor A. Xolmurodovlar ushbu uchrashuvdan talabalarning behad mamnun ekanliklarini , bunday adabiy suhbatlarning ular kasbiy tayyorgarligi uchun nihoyatda foydali ekanligi haqida alohida ta’kidladilar.