Navoiy davlat universitetida Navoiy garnizonidagi harbiy qism, SCHRB, Navoiy MIB hamda Yoshlar Ittifoqi Navoiy viloyati kengashi hamkorligida “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida “Harbiy vatanparvarlik karvoni” aksiyasi tashkil etildi.
Talaba-yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida ona Vatanni sevish, uni ardoqlash kabi muqaddas tuyg’ularni chuqur singdirish maqsad qilingan tadbirda, Vatanni madh etuvchi kuy-qo’shiqlari, faxriy qorovul chiqishlari va qurol-aslahalarining ko’rgazmalari yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, harbiylik kasbiga hurmat tuyg’ularini yanada oshirdi.