“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Navoiy davlat universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan jami 28 nafar talabalar ishtirok etdi. Tanlovni “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Xalikov hamda San’atshunoslik fakulteti dekani O.Raximovlar ochib, ishtirokchilarga tanlov shartlari, tartibi va baholash mezoni haqida tushuntirib o‘tishdi. Har bir ishtirokchi o‘zi taqdim etgan surat mazmunini izohlarkan, hakamlar hay’ati tomonidan eng sara ijod namunalari tanlab olindi. Tanlovning asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashda yoshlarimizning faol ishtirokini ta’minlash hamda iqtidorli yoshlarga o‘z qobiliyatlarini namoyish etish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.