Navoiy davlat universitetida yoshlarni boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida turli tanlovlar, viktorinalar, sport oʻyinlari, intellektual baxslar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinadi. Bugun Navoiy davlat universitetida 2024/2025 oʻquv yili uchun Prezident va nomdor stipendialari sovrindorlarini, shuningdek, universitetda oʻtkazilgan tanlovlarda faol qatnashgan talabalarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Tadbir avvalida 2024/2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasasining 16 nafar talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendialarini qoʻlga kiritganliklari munosabati taqdirlanishdi. Shundan soʻng, 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tanlov hamda kitobxonlik, munozara, zakovat intellektual oʻyinlarida qatnashib, gʻolib boʻlgan jamoalar va ishtirokchilarga diplomlar hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tadbirda Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ota-onalar ishtirok etdi.