Talabalar bilan muloqot olib borish, ularning yashash sharoitlari, muammo va kamchiliklarini oʻrganib, amaliy yechim berish maqsadida Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov masʼullar hamrohligida universitetning 3-sonli talabalar turar joyida boʻlib, sharoitlar bilan tanishdi va talabalarning muammolari, takliflarini oʻrgandi. Talabalar bilan muloqotda boʻlib, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishga chaqirdi. Muammo va kamchiliklar soʻraldi. Shuningdek, oshxona koʻzdan kechirildi.
TTJ dagi masʼul xodimlarga bajarilishi lozim boʻlgan topshiriqlar berildi.