Navoiy davlat universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Tavakkal Choriyev Navoiy shahridagi 6- va 18-umumtaʼlim maktablarida boʻlib, unda “4+2” asosidagi va sirtqi 2-mutaxassislik talabalarining malakaviy amaliyotini oʻrgandi.
O‘rganish jarayonida maktablarning bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan suhbat o‘tkazildi. Unda universitet bilan bogʻliq soʻnggi oʻzgarishlar, jumladan, Prezidentimiz qarorlari bilan universitet toʻgʻrisidagi qaror haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, oliygohda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida ham toʻxtaldi.