Joriy yilning 22-23 noyabr kunlari Urganch davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “22-noyabr Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan “Raqamli dunyoda talaba-yoshlarning psixologik salomatligi: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminar-treningi o‘tkazildi.
Seminar oliy taʼlim muassasalari psixologlari hamda vazirlikning mas’ul xodimlari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Seminarda Navoiy davlat universiteti psixologi Dilfuza Abduraimova ham faol ishtirok etdi, shu bilan birga, olib borgan faoliyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan munosib e’tirof etildi.
Universitet jamoasi nomidan Dilfuza Abduraimovani “Xalqaro psixologlar kuni” hamda ushbu e’tirof bilan muborakbod etamiz!
Kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.