Kuni kecha Toshkent shahridagi “Zakovat Arena”da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarning tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Markaz tomonidan o‘tkazilgan “Islohotlar bilimdoni”, “Yilning eng faol talabasi”, “Kitob mening do‘stim”, “Eng yaxshi dasturchi”, “Mening konstitutsiyam”, “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” va “Eng yaxshi videoroliklar” respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimida, Navoiy davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti 2-bosqich magistranti Ravshanova Gulhayo Azamatovna “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovining “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Fizika-texnologiya fakulteti o‘qituvchisi, professor Kamolova Dilnavoz Ixtiyorovna “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasida faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Sovrindorlarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 1- va 2-darajali diplom hamda maxsus statuetka topshirildi.