Joriy yilning 13-dekabr kuni Navoiy viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarining viloyat bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Navoiy viloyati Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshqarmasi tomonidan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy davlat organi (tashkiloti)” nominatsiyasi bo‘yicha Navoiy davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, dotsent TURSUNOVA NASIBA XAMROYEVNA II Darajali diplom bilan taqdirlandi.
Shuningdek, “Yil ayoli – 2024” tanlovida “Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi bo‘yicha respublika bosqichiga yo‘llanma olgan Rus va qozoq filologiyasi kafedrasi dotsenti IBRAGIMOVA NARGIZA MARATOVNA I Darajali diplom bilan taqdirlandi.
G‘oliblikni qo‘lga kirtgan olima ayollarimizni jamoa nomidan samimiy qutlaymiz!