Navoiy davlat universiteti Rus va qozoq filologiyasi fakultetida korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbat tashkil etildi. Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T.Choriyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig’i A.Xalikov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i G’.Yodgorov, fakultet professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida korrupsiya va uni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, joriy, oraliq va yakuniy imtihon jarayonlarini adolatli, shaffof tarzda tashkil etish, universitet ilmiy salohiyatini yanada oshirish singari bir qator masalalar muhokama etildi. Shuningdek, professor-ustozlarning fikrlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar qaytarildi. Yakunda barcha qatnashchilardan kafolat xatlari olindi.