Navoiy davlat universiteti Axborot-resurs markazida ARM faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy kutubxonalardagi tizimli vazifalarni bajarish hamda ish unumdorligining oshirish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
Axborot-resurs markazi xizmat ko‘rsatish bo‘lim boshlig’i Sadoqat Egamnazarova tomonidan tashkil etilgan “Kitobxonlar bilan ishlash tartibi va usullari” nomli seminarda Axborot-resurs markazi xodimlariga kitobxonlar qatnovini oshirhs va ular bilan ishlash jarayoni borasida tushunchalar hamda ma’lumotlar berib o’tildi. Shuningdek, yil davomida faol ishlagan xodimlarga tashakkur bildirildi.