O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi «Yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-199-sonli Farmoni asosida mamlakatimizda ekologik vaziyatni yanada yaxshilash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha oliy ta‘lim muassasalarida «Yashil mаkоn» umummilliу loyihasiga start berildi. ZOOM platformasi orqali onlayn translyatsiya qilingan marafonda Navoiy davlat universiteti jamoasi ham faol qatnashib, oliygoh ekin maydonida ko’chatlar ekildi.