O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf va Xalq yozuvchisi Tog’ay Murod hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Ulug’lar yodi” nomli adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti qoshida tashkil etilgan “Qaqnus” adabiy klubining navbatdagi tadbirida shoir Muhammad Yusufning rafiqasi Nazira as-Salom va yozuvchi Tog’ay Murodning turmush o‘rtog’i Mas’uma Ahmedovalar tadbirda bo‘lishdi.
Ushbu tadbirda har ikkala ijodkorning hayoti va ijodi haqida ilmiy qarashlar bilan ma’ruzalar qilinib, sherlaridan namunalar o‘qildi. San’atshunoslik fakulteti bilan hamkorlikda tayyorlangan musiqali chiqishlar, ijodkorlar portretini yaratish jarayonlari o‘zgacha shukuh baxsh etgan bo‘lsa, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari tomonidan ijro etilgan she’riy bag’ishlovlar, sahnaviy ko‘rinishlar tadbirning mazmunli o‘tishiga ulkan hissa qo‘shdi.