Navoiy davlat pedagogika instituti faollar yigʻingohida Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti tashabbusi bilan “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi. Uchrashuvda 30 yildan koʻproq vaqt davomida Navoiy davlat pedagogika institutida samarali mehnat qilgan, institutga tamal toshini qoʻygan insonlardan biri, yoshlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatib, jamiyatda munosib oʻrin egallashda oʻzlarining beminnat mehnatlarini ayamagan, qolaversa, institutni yuksaltirishda oʻz hissalarini qo’shgan fidoiy va jonkuyar ustozlar: Muhabbat Poʻlatova va Abdulhamid Xolmurodov “Yoshi ulugʻlarimizni eʼzozlash — insoniy fazilat” mavzusi boʻyicha hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. “Oʻrta avlod vakillar — jamiyat tayanchi” boʻyicha institut jamoatchilik kengashi raisi Botir Zaripov va birinchi prorektor Xurshid Qurbonov, «Ma’naviy barkamol yoshlar – kelajagimiz poydevori» mavzuida magistrant Davron Qurbonovlarning fikrlari tinglandi.