Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida «Uch avlod uchrashuvi: tarix, bugun va kelajakni o’zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirga institut va mahallalarda uzoq yillar davomida yurt ravnaqi, tinchligi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo’lida fidokorona mehnat qilgan keksa, o’rta avlod vakillari hamda yoshlar taklif qilindi.
Tadbir davomida so’zga chiqqan keksa avlod vakillari yoshlarga qarata yaratib berilayotgan imkoniyatlarni qadriga yetishlari va ulardan unumli foydalanish zarurligi haqida fikrlarini bayon qildilar. Fakultet talabalari tomonidan ijro etilgan jo’shqin kuy-qo’shiqlar ishtirokchilarga yanada fayz va ko’tarinkilik bag’ishladi.