Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov Turkiyaning Anqara Hoji Bayram Valiy universiteti professori Emrah Yilmaz bilan uchrashib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik, xususan, o‘quv va ilmiy-tadqiqot masalalalari va kelgusidagi rejalar haqida fikrlashdilar.
Chet ellik olim Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi sirtqi bo‘lim 1-kurs talabalariga 14 soatlik dars mashg‘ulotini olib borib, kafedra professor-o‘qituvchilari bilan xalqaro hamkorlik, xalqaro loyihalar yuzasidan tajriba almashdi.
Emrah Yilmaz institut haqida: “2 kun davomida umumiy tilshunoslik, fonetika va morfologiya fanlaridan dars berdim. Shoirlar sultoni Alisher Navoiy nomi bilan atalmish viloyatda, Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lganimdan cheksiz baxtiyorman. Hurmatli rektor Bahodir Sobirovga qimmatli vaqtini ayamay bizni qabul qilgani uchun chin yurakdan minnatdorchilik bildiraman”, – deb oʻz taassurotlarini bildirdi.