Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston Universitetida Markaziy Osiyo Universitetlari Forumining ochilish marosimi boshlandi. Unda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi nufuzli davlatlarda joylashgan va ta’lim rivoji uchun dunyo miqyosida ish olib borayotgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, shuningdek, yuzga yaqin xorijiy oliygohlar hamda yurtimizdagi qator oliy ta’lim muassasalari vakillari, shu jumladan Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov ishtirok etmoqda.
Tantanali tadbirda “Times Higher Education” tashkiloti xalqaro ishlar rahbari Phil Baty, Massachusets texnologiya universiteti vakili Anjali Shastry, Obuda universiteti rektori Levente Kovachs, Abu Dabidagi Nyu-York universiteti dotsenti Behzod Xoshimov, “Montfort Eurasia” boshqaruvchi direktori Eleanor Kramers va ko‘plab xorijiy tashkilotlar vakillarining mavzuga doir chiqishlari ko‘zda tutilgan.