Navoiy davlat pedagogika instituti TOP-1000 reytingiga kirgan Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik qiladi. Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov hamda mazkur universitet vakili Gunesh Nurayxonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, ilmiy hamkorlik yuzasidan fikrlar almashindi.
Uchrashvda ta’kidlanganidek, talabalar almashinuvi, o‘qituvchilar malakasini oshirish, oliygohlar o‘rtasida o‘zbek va turk tili o‘qitish markazlarini tashkil etish, O‘zbek tili adabiyoti fakulteti talabalari bilan 12 soatlik dars mashg’ulotlarini o‘tish yuzasidan manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Ma’lumot uchun, Marmara universiteti 1883-yilda tashkil topgan. Mazkur dargohda qariyb 3300 nafar ilmiy-akademik xodimi va 80 ming dan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet tarkibida 18 ta fakultet, 13 ta institut, 4 ta kollej, 4 ta kasb-hunar kolleji, 3 ta ta’lim markazlari mavjud.