Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-13-mart kunlari Navoiy viloyatiga tashrifi davomida Tomdi tumani yoshlarini xorijiy tillarga oʻrgatish maqsadida Navoiy davlat pedagogika institutining Tomdi tumanidagi “Til oʻrgatish markazi” ni tashkil etish vazifasi belgilangan edi.
Bugungi kunda Tomdi «Til oʻrgatish markazi»da nafaqat Rus tili va Ingliz tili, balki oʻquvchilarninng talabidan kelib chiqib tarix, matematika, informatika, ona tili va adabiyoti, biologiya fanlaridan dars mashgʻulotlarini olib borish uchun Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari jalb qilingan.
Joriy yilning 29-mart kuni NavDPI oʻquv ishlari boʻyicha prorektori D.Roʻziyev Tomdi tumanidagi «Til oʻrgatish markazi»ga tashrif buyurib u yerda tashkil etilgan dars mashgʻulotlarining borishini, oʻquvchilarning qay darajada bilim olishlari bilan tanishdi. Oʻquvchilar bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda ishlarni tashkil qilish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.