loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«TIL-MILLAT KO’ZGUSI!» MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI

 Navoiy viloyati yuridik texnikumida «Til – millat ko’zgusi!» shiori ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Viloyat adliya boshqarmasi, Navoiy davlat pedagogik instituti Tarix fakulteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda o’quvchilar tomonidan «O’zbek tiliga davlat tilining berilganligi»ning huquqiy asoslari, tarixiy jarayonlar, she’rlar aytib o’tildi. Texnikum iqtidorli o’quvchilari tomonidan musiqalar va milliy raqslar namoyish etildi.

   

Tadbir davomida adliya boshqarmasi xodimasi D.Kattayeva, texnikum direktor o’rinbosari D.Murtazayev va o’qituvchi Y.Ochilovalar ma’ruza qilishdi. Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi va yuridik texnikum hamkorligida «O’zligimiz timsoli – ona tilim!» mavzusidagi insholar tanlovining g’oliblari taqdirlanishdi.