Ushbu bosqichda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va saralash bosqichida eng yuqori natijaga erishgan 280 nafar ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida 2-bosqich testlarini ishladi.
Ishtirokchilarga o‘zbek tili imlo qoidalari, tinish belgilarining qo‘llanilishi, savodxonlik va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha 50 ta test berildi. Yakunda har bir hudud bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar aniqlandi va tanlovning yakuniy respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Quvonarlisi, mazkur tanlovda Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari Sevinch Omonova, Gulasal Nematova, Durdona Shamsiyevlar faxrli 1-,2-, va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritib, tanlovning keyingi bosqichiga yo‘l oldilar. Shuningdek, ushbu ishtirokchilar tanlov nizomiga muvofiq, bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari (1-o‘rin), 3 barobari (2-o‘rin) va 2 barobari (3-o‘rin) miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.