loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Tibbiyot xodimlari Qatag’on davriga oid qimmatli ma’lumotlar bilan tanishdilar

“NKMK jamg‘armasi” tasarrufidagi Tibbiy sanitariya bo‘limi mehnat jamoasi vakillari qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizni yod etish, milliy ma’naviyatimizni chuqur tafakkur qilish maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi bo‘ylab sayohat qildi. Tashrif davomida muzey faoliyati va eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

— Ushbu muzeyda eshitganlarimiz mustaqillikka shunchaki erishilmaganini anglatdi, — deydi Tibbiy sanitariya bo‘limining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi Ozoda Rahmatova. — Yana bir yaxshi jihati farzandlarimiz bilan kelib ko‘radigan ziyo maskanini o‘zimiz uchun aniqlab oldik. Va albatta, ushbu kunlarda bolajonlarimizni ham olib kelib ko‘rsatamiz.

Tibbiyot xodimlariga muzeydagi har bir eksponat tarixiy manbalar asosida yaqindan tushuntirib berildi.