Navoiy shahridagi “Kimyogar“ majmuasida 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish test imtihonlari davom etayapti.
Navoiy davlat pedagogika instituti “volontyorlar guruhi“ abituriyentlarning ota-onalari bilan ijtimoiy so‘rovnomalar, psixologik treninglar o‘tkazmoqda. Institut rahbariyati tomonidan talaba-yoshlar uchun berilgan imkoniyatlar va imtiyozlar xususida ma’lumotlar berilmoqda. Test olinadigan joyda bir guruh institut professor-o‘qituvchilari nazoratga jalb etilgan.
Eslatma: imtihonlar to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilyapti va jarayonlarni test2024.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.