Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov 2023-2024-o‘quv yilida bakalavriatga kirish uchun test sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha institut rahbariyati, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va boshqa masʼullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda 1-13-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan test sinovlari davomida har bir mas’ul xodimga belgilangan vazifalar tushuntirildi. Masʼullar o‘ziga biriktirilgan test o‘tkazish binosidagi jarayonlarda ota-onalardan qabul bo‘yicha fikrlar, ijtimoiy so‘rovnomalar, mavjud muammo va takliflarni o‘rganadi, savollarga batafsil javob berishadi.
Bu jarayonlar OAVda yoritib boriladi.