loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“TECHNOWAYS” marafonining g’oliblari tanlab olindi!

Navoiy davlat pedagogika institutida innovator yoshlarni  rag‘batlantirish maqsadida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni o‘tkazildi.

Marafon doirasida Inkubatsiya va  akseleratiya markazi tomonidan 10 dan ortiq loyihalar ro‘yxatga olindi.

Bugun, 10-yanvar kuni loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra,   Matematika – Informatika fakulteti 3-bosqich talabasi Nurmurodov Toxirning “Texnologik ta’limda RobotaTexnika”, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi Toshniyozov Navroʻzbekning “Yashil energiya hisoboti” loyihalari hakamlar hay’ati tomonidan g’olib deb topildi va ularga esdalik sovg’alari hamda tashakkurnomalar taqdim etildi.

Endilikda taklif etilgan  g‘oyalarni tijoratlashtirish maqsadida mazkur talabalar “Yoshlar akademiyasi” a’zoligiga hamda InnoX biznes inkubator dasturiga  tavsiya etiladi.