Joriy yilning 23-aprel kuni Tarix fakulteti tyutorlari hamda kafedra katta o‘qituvchisi Togaev Zokir hamkorlikda 2-«B» guruhi hamda volontyor talabalar ishtirokida Karmana tumanida joylashgan asrlar davomida o‘z shakl va shamoyilini yuqotmagan, ko‘plab chet ellik sayyoh mehmonlarni o‘zining betakror me’morchilik uslublari bilan diqqatini jalb etib kelayotgan, necha yuz, ming asrlik tarixiga ega bo‘lgan, hali ochilmagan ne-ne sir-sinoatlarga boy bo‘lgan, Qosim shayx, Mir-said baxrom, Dexgoroniy, Raboti-malik va sardoba kabi me’moriy yodgorliklariga sayohat uyushtirildi. Bunda talabalar tarixiy obidalar tarixi,davri, kurilish uslublari, bugungi kundagi axvoli tugrisida keng tushunchalarga ega bo‘lishdi , hamda o‘tgan ajdodlar ruhiga atab qur’on tilovat qildilar.
Bunday sayohatlarning ko‘plab tashkillashtirilishi yoshlarda tariximizga va ota- bobolarimizga nisbatan hurmati yanada oshishiga, ular bilan faxrlanish hissini kuchayishiga xizmat qiladi.