Navoiy davlat universiteti Tarix fakultetida 1-kurs talabalarining ota-onalari ishtirokida “Ota-onalar kongressi” o‘tkazildi. Unda rektor maslahatchisi B.Abdullayev, profilaktika inspektori M.Tursunov, universitet psixologi D.Abdurayimova, fakultet dekan o’rinbosari I.Quljonov, xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi G.Sultonova, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda tyutorlar ishtirok etishdi.
Talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etgan yig’ilishda, talabalar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, HEMIS tizimiga talabalarning moslashish jarayonlarini tezlashtirishdagi hamkorlikdagi ishlari, universitet hamda ota-onalar hamkorligi kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ota-onalarga oliy ta’limdagi islohotlar, erishilgan yutuqlar, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda olib borilayotgan ishlar, universitet ichki-tartib qoidalari, “Odob-axloq kodeksi”, kredit-modul tizimi, talaba yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, korrupsiya, firibgarlik, giyohvandlik, diniy ekstremizm va terrorizm, xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikda himoya qilish bo’yicha “Himoya orderi” kabilar bo’yicha batafsil ma’lumotlar berildi.