Navoiy davlat pedagogika institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizning keng tarannum etilishini ta’minlash va ahamiyatini oshirish, turli tanlov, tadbirlar orqali yangi-yangi qobiliyatlarni kashf qilish hamda ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish an’anaga aylangan. Shuningdek, 31-oktabr — “Milliy qadriyatlar kuni” munosabati bilan barcha fakultetlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Xususan, Tarix fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida osh chempionati yangi qobiliyatlarni aniqlab berdi. Fakultet rahbariyati, tyutorlari va professor-o‘qituvchilar tashkilotchiligida 1-4 kurs talabalari 9 ta qozon-o‘choqda osh tayyorladilar. Bir-birovidan mazali palovlarning turli xil ko‘rinishda hakamlar hay’ati baholadi. Shu bilan birga har bir ishtirokchi rag’batlantirildi. Fakultet bosqichida g’olib bo‘lgan jamoa keyingi, institut bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.