Institut Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi va Instiutning Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.Bekmurodov hamkorligida Tarix fakulteti professor o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 03/91-1-sonli topshiriq xati ijrosi yuzasidan Navoiy davlat pedagogika instituti “Mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodislar oldini olish va kasb kasalliklarini profilaktikasi yuzasidan” o‘quv-amaliy seminar mashg‘ulotlar tashkil etildi.
O‘quv-amaliy seminar jaryonda Kasaba uyushmalari faollari, mehnat komissiyalari va vakillari mehnat huquqiga oid bilimlarini oshirish maqsadida:
- Mehnat muhofazasi bo‘yicha umumiy masalalar
- Mehnatni muhofaza qilish qonuniyat asoslari mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari, seminarlar tashkil etildi.
Seminar jarayonida talabalarni qiziqtirigan savollariga Fuqaro va mehnat muhofaza qilish bo‘limi xodimlari hamda Tarix fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan aniq javoblar hamda nazariy ma’lumotlar berib o‘tildi.