Oliy taʼlim muassasalari 1-bosqich talabalarining tezroq oʻquv jarayoniga moslashishiga koʻmak berish, talabalarni institutda tashkil etilgan loyihalar va tanlovlar, yaratilgan imtiyozlar bilan tanishtirish maqsadida 9-14-sentabr kunlari “Tanishtiruv haftaligi” boʻlib oʻtmoqda.
Bunda, talabalar institutda yaratilan sharoitlar bilan tanishish barobarida, boʻsh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun hozirlangan obyektlarga borib, oʻzlari uchun institutni qayta kashf etishmoqda. Xususan, Navoiy davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi, institut tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi shular jumlasidandir.