Navoiy davlat pedagogika instituti faollar zalida Ingliz til va adabiyoti fakultetining 4-bosqich talabalari o‘rtasida “Chet tili o‘qitishning integrallashgan kursi” fanidan “Innovate to Educate” (Ta’limda innovatsiya) nomli bellashuv o‘tkazildi.
Maqsad — maktablarda malaka oshirayotgan talabalarning faoliyatini o‘rganish, fan doirasida bilim va ko‘nikmalarni sinash, ularning kasbiy mahoratini oshirish.
Fakultetining 6 ta bitiruvchi guruhlari 4 shart bo‘yicha o‘zaro bellashib, turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi. Tashkilotchilar: D.J.Gafurova, D.S.Istamova, M.G.Burxanova.