Xabar berganimizdek, Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov topshirigʻiga asosan Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi I.Zaynutdinov, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi A.Merzayev va boʻlim mutaxassilari tomonidan universitet talabalarining umumtaʼlim maktabalarida, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 4+2 dasturi asosida amaliyot olib borilayotganligi oʻrganilmoqda. Jumladan, yaqinda Navoiy shahridagi 7-va 8-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida amaliyot oʻtayotgan talabalarning davomati oʻrganilib, talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi. O‘rganish ishlari davom etmoqda.