Joriy yilning 21-aprel sanasida Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi Navoiy viloyat bosqichi bólib ótdi.
Ushbu tanlovda Navoiy davlat pedagogika instituti Kimyo taʼlimi yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Shonazarova Nargiza tanlovning Navoiy viloyat bosqichi ğolibi deb topildi hamda tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qólga kiritdi. Jamgʻarma tomonidan maxsus diplom va umumiy hisobda bazaviy hisoblashing 15 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. Isteʼdodli talabamizning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.