Joriy yilning 9-10-mart kunlari Buxoro davlat tibbiyot institutida «Ibn Sino ta’limotidan lll renessansgacha» nomidagi lll Xalqaro nufuzli olimpiada bo’lib o’tdi. Ushbu olimpiadada 20 dan ziyod mahalliy va xorijiy oliygoh talabalari 35 ga yaqin fanlar doirasida o’z bilimlarini sinashdi.
Quvonarlisi, Navoiy davlat pedagogika instituti sha’nini himoya qilgan Tibbiyot fakulteti 2-bosqich talabasi Shahzoda Zoyirova «Normal Fiziologiya» fanidan faxrli 2-o’rinni egallab, 2-darajali diplom bilan taqdirlandi. Ushbu muvaffaqiyat bilan Shahzodani tabriklaymiz! Kelgusi o’qish, izlanish faoliyatlariga yuksak zafarlar, muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.