Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi A.Ro‘ziqulova tomonidan Umumiy psixologiya fanidan, Tarix fakulteti talabalari ishtirokida “Oila psixologiyasi” mavzusida ochiq dars mashg’uloti tashkil etildi.
Turli interaktiv metodlar orqali o’tkazilgan ochiq dars mashg’ulotida professor-o‘qituvchilar va tyutorlar qatnashib, talabalarning faolligi, kreativligi, chaqqonligi, zukkoligi uchun iliq fikrlar bildirishdi.
Dars davomida talabalar ushbu mavzu bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliy tarzda namoyish etib, yakunda taqdirlanishdi.