Joriy yilning 10-sentyabr kuni Navoiy davlat pedagogika instituti faollar zalida institut rektori, professor Muxiddin Kalonov boshchiligida yangi — 2024/2025-o‘quv yilida talabalarni Talabalar turar joyi bilan taminlash bo‘yicha fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari va mas’ullar bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda institut talabalariga keng imkoniyat yaratish maqsadida o‘quv binolari yaqinida joylashgan talabalar turar joyiga fakultetlar kesimida talabalarni joylashtirish hamda ijara uylarida yashovchi talabalar bilan ijara to‘lov shartnomalari tuzish, ularning xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, my.gov.uz portali orqali yo‘llanma asosida qabul qilingan talabalarni xonalarga joylashtirish, qabul jarayonida talabalar shaxsini tasdiqlovchi ma’lumoti orqali ularning partfoliolarini yaratish, elektron tarzda fakultet ro‘yxatiga kiritish, talabalar turar joyining ichki-tartib qoidalari, murojaat qilish tartibi, xavfsizlik choralari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishi va eng muhimi Respublikamizning olis hududlaridan kelgan talabalar va ularning oila a’zolari uchun ham vaqtinchalik yotoq joylari bilan ta’minlash bo‘yicha rektor ko‘rsatmalari tinglandi.