loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talabalarga huquqiy tavsiyalar bo’yicha suhbat tashkil qilindi

  Joriy yil 13-sentabr kuni Matematika-informatika, Fizika-texnologiya fakultetlarida Navoiy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchilari M.Hojiyeva, B.Nematullayev va M.Xudoyberdiyevlar hamda NavDPI profilaktika inspektori, mayor. N.Xaitovlar 1-bosqich talaba yoshlari ishtirokida “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish davr talabi”,Huquqbuzarliklar profilaktikasi: Talabalarga huquqiy tavsiyalar” nomli suhbat tashkil qilindi.

  

 Davra suhbati ishtirokchilariga kiberjinoyatchilarning hiyla-nayranglariga qanday aldanib qolmaslik haqida ma’lumot berildi, shuningdek, ularga hech kimga bank kartalarining ma’lumotlari va maxfiy kodlarini bermaslik, qimor o‘yinlari va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda qatnashmasliklari kerakligi tushuntirildi. Suhbat davomida xodimlar tinglovchilarga internet tahdidlarining asosiy turlari, kiberjinoyatlarning tez rivojlanayotgan yangi shakllari haqida so‘zlab berdilar va o‘z ish amaliyotidan aniq misollar keltirdilar.

  

Uchrashuv erkin muloqot shaklida o‘tib, yoshlar o‘z savollariga mutasaddilardan javoblar oldilar. “Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak ichki ishlar organlari xodimlari, ayniqsa, yoshlarga eng yaqin bo‘lgan profilaktika inspektorlari oldida muhim vazifalar turibdi. Bugungi kabi uchrashuvlarda yoshlarimizni faol ishtirok etayotganliklari, ularning tevarak atrofda bo‘layotgan turli holatlarga befarq emasliklaridan dalolat beradi…”-NavDPI  profilaktika inspektori, mayor. N.Xaitov.