loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talabalarga favqulodda vaziyatlar profilaktikasi, ularning oldini olish va bartaraf etish borasida tushuntirish berildi

2024-yilning 15-noyabr kunidan 2024-yilning 15-dekabr kuniga qadar “Yong’in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoda. Butun respublikamiz bo‘ylab o‘tayotgan “Yong’in xavfsizligi oyligi” doirasida o‘quv-amaliy mashg‘ulot tadbirlari, profilaktik uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Navoiy davlat universitetida ham shunday tadbirlar o‘tkazilib borilmoqda. Xususan, yaqinda universitet Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ishtirokida “Is gazi” bilan bog‘liq favqulodda hodisalarni oldini olish to‘g‘risida tadbir o‘tkazildi. Unda “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ning ahamiyati, uning dolzarb ekanligi, aholi, jumaldan talabalar orasida hushyorlikni targ’ib qilish borasida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga yong‘in xavfsizligi talablari, favqulodda yong‘in sodir bo‘lganda, boshlang‘ich yong‘inni bartaraf etish haqida gapirilib, mavzu yuzasidan videofilm namoyish etildi. Shundan so‘ng, professor-o‘qituvchi va talabalarga Jismoniy madaniyat fakulteti o‘quv binosi yonida Navoiy shahar FVB katta inspektori kapitan A.Akatov tomonidan yong‘inni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi.